O'zbekiston bizneslari uchun · IT-konsalting

Biznesingizni avtomatlashtiramiz: sayt, bot va tizimlarni quramiz.

Do'kon, restoran, ishlab chiqarish yoki xizmat biznesi — jarayonlaringizni raqamlashtiramiz va sotuvni oshiramiz. O'rtacha 2-4 haftada ishga tushirish.

20+ faol do'kon Kamtar ERP'da · 4 bot 24/7 ishlamoqda

Kamtar ERP — 20 dan ortiq faol do'konda har kuni ishlatiladi.

Tanish muammolarmi?

Har bir muammoning aniq yechimi bor

Chapda — ko'p bizneslarda uchraydigan holat. O'ngda — shu holat uchun tizim qanday ishlaydi.

Do'koningiz hisobini daftar yoki Excelda yuritasizmi? Kamomad va o'g'irlikni sezmaysiz.

POS + ombor + kassa tizimini o'rnatamiz — har bir so'm nazoratda.

Instagram va Telegram orqali kelgan buyurtmalar qo'lda yozib boriladi, ba'zilari unutilib qoladi.

Telegram-bot buyurtmalarni avtomatik qabul qiladi va bitta ro'yxatga tushiradi.

Ishlab chiqarish rejangiz Excelda, tannarx noaniq, yo'qotishlar ko'p.

ERP/production tizim xomashyo, tannarx va ombor↔ishlab chiqarish integratsiyasini avtomatlashtiradi.

Saytingiz yo'q — mijoz Google'da qidirganda raqobatchini topadi, sizni emas.

Qidiruvga moslashtirilgan (SEO) tezkor sayt qurib beramiz — mijoz to'g'ridan-to'g'ri sizga chiqadi.

Mijozlar bazasi yo'q, buyurtma/navbat qo'lda, qo'ng'iroqlar yo'qoladi.

Telegram bot + CRM + onlayn navbat/rezervatsiya + avtomatik eslatmalar joriy etamiz.

Har oy hisobotni qo'lda, kechalari o'tirib tayyorlashga to'g'ri keladi.

Tizim bir tugma bosilganda tayyor hisobotni chiqarib beradi.

Qanday ishlaymiz

Ish qanday bosqichlarda boradi

To'rt bosqich — birinchi suhbatdan tizim ishga tushgunga qadar.

01 — Suhbat

Muammoni tinglaymiz

Telefon yoki uchrashuvda biznesingiz qanday ishlashini, qayerda vaqt yo'qotayotganingizni aniqlaymiz.

02 — Taklif

Aniq reja beramiz

Qanday yechim kerakligi, muddat va narx — yozma taklif ko'rinishida, aniq va tushunarli.

03 — Qurish

Bosqichma-bosqich quramiz

Tizim qismlarga bo'lib quriladi, jarayonni sizga ko'rsatib boramiz — hech narsa sizdan yashirin qolmaydi.

04 — Ishga tushirish

Serverga joylaymiz

Tizim ishga tushadi, jamoangizni o'rgatamiz va ishlab turgan davrida doim aloqada qolamiz.

Avans atigi 30%. Dizayn tasdiqlangach 30%, test versiyada 30%, yakunda 10%.

Natijalar

Hozir ham ishlab turgan tizimlar

Har biri ishlab chiqilgan, serverga joylangan va real foydalanuvchilarga xizmat qilmoqda.

Kamtar ERP

Do'kon va savdo boshqaruv tizimi — 20 dan ortiq faol mijozda har kuni ishlatiladi.

Odoo ERP joriy etish

To'liq ERP tizimi kompaniya serverida o'rnatilgan, sozlangan va 24/7 ishga tushirilgan.

ERP yangiliklar boti

Har kuni sun'iy intellekt yordamida maqola yozadi va Telegram kanalga avtomatik joylaydi.

Ovozni matnga o'giruvchi bot

Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan, doimiy yuklamada bo'lgan Telegram-bot.

Tashrif — agent nazorati

Savdo agentlari uchun offline mobil ilova: taqdimot, audio yozuv va hisobot bitta joyda.

Video yuklab oluvchi bot

Serverda 24/7 ishlaydigan, minglab so'rovni kunlik qayta ishlaydigan Telegram-bot.

Narxlar

Har bir loyiha uchun individual narx

Narx loyihaning maqsadi, hajmi va murakkabligiga qarab belgilanadi — aniq narxni bepul konsultatsiyada birga muhokama qilib, kelishamiz.

Start

Bitta xizmat: landing sayt yoki oddiy Telegram-bot.

  • Bitta til (UZ)
  • 5-8 sahifa yoki bot
  • 1 oy texnik yordam

Biznes

To'liq sayt + bot + CRM integratsiyasi.

  • Ko'p tilli (UZ/RU)
  • To'liq SEO sozlash
  • Telegram bot + CRM
  • 3 oy texnik yordam

Enterprise

ERP joriy etish, ishlab chiqarish avtomatlashtirish.

  • To'liq ERP (Odoo/Kamtar)
  • Maxsus integratsiyalar
  • 1 yillik texnik qo'llab-quvvatlash

Nega biz

Farqlovchi afzalliklarimiz

Tezkor ishga tushirish

O'rtacha 2-4 haftada loyiha ishga tushadi.

To'g'ridan-to'g'ri men bilan ishlaysiz

Loyihangiz ustida shaxsan o'zim ishlayman — oraliq menejerlar emas, bevosita aloqa.

Uch tilli

O'zbek, rus va ingliz tillarida to'liq ishlaydigan tizim.

SEO va GEO fokus

Google, Yandex va AI qidiruv tizimlarida topilish uchun quriladi.

Kafolat

Har bir loyihaga texnik kafolat va qo'llab-quvvatlash beriladi.

Doimiy aloqa

Loyiha davomida jarayon har doim ko'rinadi va tushunarli.

Ishonchli texnik qo'llab-quvvatlash — narxga kiradi.

Ko'p so'raladigan savollar

Savollaringiz bormi?

Landing sayt 5-10 ish kuni, korporativ sayt 2-4 hafta ichida tayyor bo'ladi.

Bepul konsultatsiya oling

Biznesingizni bugun avtomatlashtiring.

5 daqiqada javob beramiz.

1-qadam

Biznesingiz turi qanday?